Viloyatlarda monitoring o‘lchov ishlari yakunlandi
29/02/2024
Avval xabar berganimizdek, 2024-yilning 20-fevral kunidan 29-fevral kuniga qadar “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi bo‘yicha imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan fevral oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmini o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi respublikamizning barcha viloyatlardagi jami 315 ta uchastkalarda amalga oshirildi.
Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlariga “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul hodimlari jalb qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlarini olib borish davomida, uchastkalarda tadbirkorlik subyektlarining qum-shag‘al materiallarini qazish faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.