Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash ishlarini olib borayotgan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
18/08/2025
Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining belgilangan hududlarida o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati 2025 – yilning may-iyun oylari davomida, Andijon viloyati prokurori o‘rinbosari O‘ktam Choriyev raisligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha, ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, tahliliy xulosalar berildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida shartnoma shartlari hamda davlat ekologik ekspertiza talablarini buzilish holatlari aniqlanmadi.