O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoniga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi tashkil etildi.
Farmonga muofiq muassasaning asosiy vazifalariga quyidagi:
Suv obyektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqa zonalarini auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish;
Sohil bo‘yi mintaqalari bo‘yicha normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish;
Suv oqimlarini boshqarishda daryo o‘zanlari hamda qirg‘oqlaridan foydalanishni tartibga solish kabi funksiyalar qo‘shimcha tarzda kiritildi.
Shuningdek, muassasaning asosiy vazifalari etib quyidagilar ham belgilan:
Daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallari to‘planib qolgan va tozalanishi lozim bo‘lgan uchastkalar ro‘yxatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Toshqinga qarshi Hukumat Komissiyasiga kiritish ishlarini amalga oshirish;
Tasdiqlanadigan ro‘yxatdagi maydonlarda daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish;
Ijobiy xulosalari olingan loyihalarni daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish maqsadida "E-auksion" elektron savdo platformasiga joylashtirish;
Shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shag‘al materiallari hajmining hisobini yuritish;
Sohaga aloqador mutasaddi xodimlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni o‘rganish;
Daryo o‘zanlarini tozalash huquqi realizatsiya qilingan uchastkalarda shartnomaga muvofiq daryo o‘zanlarini tozalash ishlari sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishdan iborat.