Daryo va soylar o‘zanidagi uchastkalarga kameralar o‘rnatilmoqda
14/06/2024
Hozirgi kunda ayrim fuqorolar tomonidan daryo va soylarda noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olinishi, shuningdek bu turdagi faoliyatni olib borish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zlariga berilgan uchastka chegaralaridan tashqarida noruda materiallarni qazib olinishi hamda daryo va soy qirg‘oqlariga aholi tomonidan maishiy chiqindilarni tashlab ketish holatlari ko‘plab uchramoqda.
Bu kabi holatlarni oldini olish, daryo va soylarda o‘zan tozalash ishlarini loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda olib borish ta’minlash maqsadida, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan tadbirkorlarga o‘zlariga biriktirilgan uchastkalarning kirib-chiqish yo‘llarida 3600 darajada tasvirga olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkonini beruvchi videokameralar o‘rnatish taklifi berilib, tadbirkorlar tomonidan ushbu taklif qo‘llab-quvvatlangan edi.
Mazkur taklif asosida, “Yashnarbek Ruxshona” xususiy korxonasi tomonidan Andijon viloyatining Paxtaobod tumani “Oxunboboyev” va “Yoqubov” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy soyi o‘zanidagi o‘ziga biriktirilgan uchastkada kirib-chiqish yo‘llarini 3600 darajada tasvirga olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv imkonini beruvchi videokamera o‘rnatildi.
Bu kabi zamonaviy texnika imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali kelgusida “Yashnarbek Ruxshona” xususiy korxonasiga biriktirilgan uchastkada noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish, chiqindi tashlash hamda boshqa usullar bilan tabiatga zarar yetkazish holatlarining oldini olishga zamin yaratildi.