Qoradaryo daryosi qirg‘og‘i chiqindilardan tozalandi

07/11/2025

 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish ” davlat muassasasi Andijon viloyat bo‘linmasi xodimlari tomonidan Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari muntazam ravishda monitoring qilinmoqda.

O‘rganish davomida, Qoradaryo daryosi bo‘yiga mahalliy aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiqindilar to‘kib kelinganligi aniqlandi.

Natijada, Qoradaryo daryosida tozalanishi, lozim bo‘lgan o‘zanning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida ko'ngilni xira qiladigan holat qurilish va maishiy chiqindi uyumlari paydo bo‘lgan. Bunday harakatlar nafaqat daryoning tabiiy oqimini buzadi, balki ekologik muhitga, suv sifati va daryo atrofida istiqomat qiladigan aholi salomatligiga  ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 Chiqindi uyumlari “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi xodimlari hamda Baliqchi tumani “G‘alaba” massivi hududidan o‘qib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan “Baliqchilik Al-Mansur” MCHJ bilan ko‘ngilli ravishda tadbirkorlik subyektining  texnikalarini jalb qilgan holda  hududdan olib chiqib ketilib daryoning qirg‘oqbo‘yi mintaqasi tozalandi.

 Zero, yuqorida amalga oshirilgan tozalash ishlari nafaqat daryolar va soylarni muhofaza mintaqasini tabiiy holatini saqlash, balki chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda aholini ekologik madaniyatga targ‘ib etish yo‘lida ibrat bo‘lib xizmat qiladi.