Viloyatlarda monitoring o‘lchov ishlari yakunlandi

01/12/2025

  2025-yilning 18-noyabr sanasidan  30-noyabr sanasiga qadar “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish”davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi bo‘yicha imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan noyabr oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmini o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi Respublikamizning barcha viloyatlardagi jami  170 ta uchastkalarda amalga oshirildi.

 Jumladan:

Qoraqolpog‘iston Respublikasida 2 ta;

Andijon viloyatida 18 ta;

Farg‘ona viloyatida 7 ta;

Namangan viloyatida 13 ta;

Navoiy viloyatida 13 ta;

Qashqadaryo viloyatida 8 ta;

Samarqand viloyatida 12 ta;

Surxondaryo viloyatida 20 ta;

Sirdaryo viloyatida   27 ta;

Toshkent viloyatida 44 ta;

Xorazm viloyatida 6 ta.

 Yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlarda amalga oshirilgan monitoring ishlariga “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul hodimlari jalb qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlarini olib borish davomida, uchastkalarda tadbirkorlik subyektlarining qum-shag‘al materiallarini qazish faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.