TAYINLOV
06/01/2024
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘ining 2024-yil 6-yanvardagi 2K–sonli buyrug‘i bilan Nomozov Nasibali Turdiyevich “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N.Nomozov 1990-yil 1-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor.
U bunga qadar “Xavfsiz dayo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.