Qonun ustuvor-jazo muqarrar

16/04/2024

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Depertamenti Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida joriy yilning 15-aprel kuni noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan tezkor nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.

Tashkil etilgan reyd tadbiri davomida, Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Maslaxat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosi o‘zanida fuqaro N.S tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan Volvo rusumli ekskavator hamda “Kamaz” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.