Kanaldan noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotganlar aniqlandi

19/12/2024

Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi Urgut tumani “Ishchan” MFY hududidan oqib o‘tuvchi aylanma Darg‘om kanalida noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan “Volvo” rusumli ekskavatori yordamida noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatnomalarsiz qum-shag‘al materiallarini olayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, texnika jarima maydoniga joylashtirilib, voqea joyiga  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ispeksiyasi hamda YHXB inspektolari jalb qilingan holda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.