Konstitutsiya mamlakatimiz suvereniteti, taraqqiyoti, osoyishtaligi va porloq kelajagining garovidir!

07/12/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya mamlakatimiz suvereniteti, taraqqiyoti, osoyishtaligi va porloq kelajagining garovidir! ” shiori ostida Konstitutsiya bayramini ko‘tarinki ruxda kutib olish va o‘tkazishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda boshqarma xodimlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi sadolari ostida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bayram munosabati bilan “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasi barcha yurtdoshlarmizni Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaydi.