Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida “Yashil belbog‘”lar barpo etildi.

21/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo hamda Jizzax viloyatlari hududiy bo‘linmlari xodimlari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda mazkur uchastkalarning muhofaza mintaqalarida manzarali ko‘chatlar ekildi.

Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi doirasida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo viloyatida “Polvontosh” MChJ tomonidan Sho‘rchi tumani “Laylakxona” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Surxondaryo daryosi o‘zanidagi uchastkaning muhofaza mintaqasida 70 tup archa, Jizzax viloyatida esa “Zarxal Qum” MChJ tomonidan Baxmal tumani “Sangzor” QFY “Udamali” qishlog‘idan Bahmal qishlog‘i hududigacha oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi o‘zanidagi uchastkaning muhofaza mintaqasida 60 tup Pavloniya ko‘chatlari ekildi.

Yuqoridagi tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimlarini qurish ishlarini tez fursatda boshlashlari va kelgusida parvarishlash ishlarini ham nazoratga olishlarini bildirishdi.