Tadbirkorning yo‘l bilan bog‘liq muammosi hal qilindi.
04/12/2023
2023-yil 1-avgust kuni Xavfsiz daryo boshqarmasi va “ITTIFOQ YOSHLAR JAMOASI” MChJ o‘rtasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yangi Ovul” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqiga XD-23/80-sonli shartnoma imzolangan.
Mazkur shartnomaning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan kalendar jadvalda o‘zan tozalash ishlariga avgust oyidan kirishish belgilangan.
Biroq, uchastkaga tutash hududlarda joylashgan “Yangi Ovul” va “Ozodbash” mahallasi fuqarolari tomonidan o‘zan tozalash ishlariga jalb qilingan maxsus texnikalarni daryo o‘zaniga kirib chiqishiga qarshilik bildirishlari natijasida belgilangan ishlar shu kungacha boshlanmay kelinayotgan edi.
Tadbirkorning muammosiga yechim topish maqsadida Xavfsiz daryo boshqarmasi rahbariyati va Toshkent viloyati bo‘linmasi xodimlari “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Bo‘stonliq tuman irrigatsiya bo‘limiga murojaat qilindi.
Bo‘stonliq tumani irrigatsiya bo‘limi ruxsati bilan Chirchiq daryosiga quyiluvchi seletraktning inspektorlik yo‘li tartibga keltirib, uchastkaga to‘siqlarsiz kirib chiqish imkoniyati yaratildi hamda joriy yilning 2-dekabr kunidan “ITTIFOQ YOSHLAR JAMOASI” MChJ tomonidan o‘zan tozalash ishlariga kirishildi.