Andijon viloyatida daryo o‘zanlarini tozalash ishlari yuzasidan jamoatchilik fikri o‘rganildi

03/02/2025

2025-yil 29-30-yanvar kunlari “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi hamda “Davlat ekologik ekspertiza markazi” Andijon filiali xodimlari boshchiligida Baliqchi tumani “Jasorat”, “Cho‘nqayma” MFY lari,  Oltinko‘l tumani "Ittifoq" MFY va Andijon tumanining "Orol" hamda Qo‘rg‘ontepa tumanining "Yortiboshi" MFY lari  hududidan oqib o‘tuvchi "Qoradaryo" o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi.

 Eshituvlarda, Qoradaryo o‘zanlari va mintaqalaridagi ekologik muammolar, uchastkalarni to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash orqali hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, qishloq xo‘jaligi va ekin maydonlari muhofazasini ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi muhokama qilindi.

 O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida mahalla faollari tomonidan daryo o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullandi.