Qoraqalpog‘iston viloyatida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi

25/04/2024

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi va Qoraqalpogʼiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi xodimlari ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.

Shu jumladan, “E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “QARATAW MEL” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Samanboy” posyolkasi hududidan oqib o‘tuvchi Amudaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolangan.

O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlari hamda uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi banner o‘rnatildi.

Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.