Hashar-obodonlik va birdamlik timsoli

17/03/2026

Bugun mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-sonli Farmoyishiga asosan  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”shiori ostida Umumxalq hashari oʻtkazilmoqda.

 Mazkur ezgu tashabbus doirasida ayni damda, Toshkent viloyati Ohangaron tumani, "Tut" MFY hududida joylashgan “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining yordamchi xoʻjaligiga ajratilgan yer maydonida ham muassasa rahbariyati boshchiligida hamda muassasa xodimlari tomonidan   keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Mazkur tashabbus hududning ekologik holatini yaxshilash hamda yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, unda muassasa jamoasi faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida yer maydonlari tartibga keltirilib, ko‘chat ekish uchun zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.

 Xususan, hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 500 tup bodom ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, muassasa jamoasi tomonidan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish va ularning to‘liq ildiz otib ketishini ta’minlash bo‘yicha muntazam nazorat ishlari ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar hududni yanada obod qilish, tabiatni asrash va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan muhim amaliy ishlardan biri hisoblanadi.