Boshqarma mehnat jamoasining yutuqlari e’tirof etilmoqda.
30/12/2023
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi boshlig‘i Turaxanov Axrorxon Asrorxonovich o‘zining mehnat faoliyati davomida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, uni muhofaza qilish hamda yer usti va yer osti suvlarini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning muhofaza mintaqasida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olinishi, o‘zanda tabiiy o‘sgan daraxt va butalarni kesib ketilishiga yo‘l qo‘ymasligi borasidagi sa’yi-harakatlari vazirlik rahbariyatining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimovning 2023-yil 30-noyabrdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan A.Turaxanov “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Yangi yil arafasida ko‘krak nishoni oilasi davrasida A.Turaxanovga topshirildi.
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi rahbariyati va mehnat jamoasi uni erishgan yutuqlarini vazirlik rahbariyati tomonidan e’tirof etilganligi bilan sidqidildan tabriklaydi.
Uning kelgusidagi faoliyatiga rivoj, kuch-quvvat, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida omad, shuningdek, kirib kelayotgan yangi 2024-yil oilasiga tinchlik va qut-baraka olib kirishiga tilakdoshmiz.