Boshqarma mehnat jamoasining yutuqlari e’tirof etilmoqda
09/01/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi boshlig‘i Bobobekov Behzod Beknazarovich o‘zining mehnat faoliyati davomida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, uni muhofaza qilish hamda yer usti va yer osti suvlarini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Sirdaryo viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosining muhofaza mintaqasida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olinishi, o‘zanda tabiiy o‘sgan daraxt va butalarni kesib ketilishiga yo‘l qo‘ymasligi borasidagi sa’yi-harakatlari vazirlik rahbariyatining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalari rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun “Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM Sirdaryo bo‘linmasi boshlig‘i B.Bobobekov tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur tashakkurnoma Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtiroklarida B.Bobobekovga topshirildi.
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi rahbariyati va mehnat jamoasi uni erishgan yutuqlarini vazirlik rahbariyati tomonidan e’tirof etilganligi bilan tabriklaydi.
Uning kelgusidagi faoliyatiga rivoj, kuch-quvvat, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida omad tilaydi.