Zarafshon daryosi hamda Darg‘om kanalida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi
13/02/2025
"Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Samarqand viloyati bo‘linmasi, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, Zarafshon Magistral tizimlar boshqarmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari bilan birgalikda Samarqand tumani hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalida noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida, sohaga mas’ul tashkilotlar tomonidan kanalning muhofaza qismiga noqonuniy ravishda qurilgan bino aniqlanib, aniqlangan obyektni buzish ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi hamda Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining mas’ul xodimlari bilan birga Samarqand viloyati Urgut, Bulung‘ur, Toyloq va Jomboy tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining moratoriy joriy etilgan hududlarida noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olishga qarshi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.