Viloyatlarda oylik o‘lchov monitoring ishlari olib borilmoqda

21/05/2026


 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarningKalendar grafigi”ga asosan may oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoringi amalga oshirilmoqda.

  Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda shartnomaning “Kalendar grafigi”da belgilangan may oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi o‘lchanib, tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Shu bilan birga, uchastkalarda nazorat o‘lchov ishlarini olib borish jarayonida, o‘zan tozalash jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi yuzasidan ogohlantirish va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Yuqoridagi kabi nazotat o’lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.