Sirdaryo viloyatida ekologik qonunbuzarlik holatlariga barham berildi.

19/10/2023

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hududiy bo‘linmasi, Sirdaryo viloyat IIB hamda Milliy Gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Sirdaryo viloyatining Guliston tuman hududidan oqib oʻtuvchi Sirdaryo daryosining qirg‘og‘idan noqonuniy ravishda tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda faoliyat olib borayotgan huquqbuzar fuqaro  M.R. tomonidan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, yuk mashinalariga yuklash va sotish bilan shug‘ullanayotganiligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan, huquqbuzarlik sodir etgan fuqoroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKga asosan tegishli moddalar bilan 3 300 000 (uch million uch yuz ming) so‘m jarima ta’sir chorasi qo‘llanildi.