Kosonsoy soyi o‘zanidagi uchastkada uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi
17/02/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.
Xususan, “E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish ” davlat muassasasi va “Bordimko‘l Qurilish Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Oqtosh” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Kosonsoy soyi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar hamda uchastka parametrlarini o‘zida aks ettiruvchi bannerlarni o‘rnatish ishlari olib borildi.
Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.