Hudlardalarda yillik marksheyderlik nazorat o‘lchov ishlari olib borilmoqda
27/12/2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 981-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 29-bandida tadbirkorlik subyektlari bilan har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda markshreyderlik xulosasi tuzish belgilangan.
Shu sababli hozirda viloyatlarda 2024-yil davomida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmini aniqlash maqsadida uchastkalarda yillik marksheyderlik nazorat o‘lchov ishlari o‘tkazilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmoqda.