Toshkent viloyatida joylashgan uchastkalarni tadbirkorlik subyektlariga topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

08/11/2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 981-sonli qaroriga muvofiq, daryolar o’zanlarini tozalash ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi “E-AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga joylashtirilib borilmoqda.

2023 yilning oktyabr oyi davomida o’tkazilgan auksion savdolarida jami 12 ta lot bo‘yicha g‘olib deb topilgan tadbirkorlik subyektlari va “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi o‘rtasida loyihani amalga oshirish huquqiga shartnomalar imzolandi.

Jumladan, joriy yil 6 noyabr kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani “Nurobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Parkentsoy soyi o‘zanidagi uchastkada loyihani amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan “NIZOMIDDIN CONSTRUCTION AND SERVIS” MChJ hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi hodimlari ishtirokida mazkur uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar hamda uchastka to‘g‘risida ma’lumot beruvchi banner o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnoma shartlaridan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.