Noqonuniy faoliat bilan shug‘illanayotgan 4 nafar fuqoroga jarima qo‘llanildi
29/07/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Sirdaryo boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida noqonuniy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan joriy yilning 23-iyul kuni tashkil etilgan reyd tadbiri davomida, 4 nafar fuqarolar tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan yuk tashish texnikalari yordamida Sirdaryo tumani hududidan oqib o‘tgan Sirdaryo daryosining muhofaza maydonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini olayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 4 nafar fuqoroga 20 400 000 (yigirma million to‘rt yuz ming) so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.