Daryo o‘zanidagi tadbirkorlik faoliyati – xavfsizlik va ekologiya nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda

21/05/2025

Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida suv toshqinlari, sel oqimlarini bartaraf etish hamda damba va o‘zanlarning texnik holatini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar viloyat prokurori rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 O‘rganishning bugungi bosqichida Qoradaryo daryosining Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismlarida suv oqimining atrof-muhitga ta’siri va xavf darajasi tahlil qilindi.

 Olib borilayotgan nazorat ishlari natijalariga ko‘ra xulosalar ishlab chiqilmoqda. O‘rganish ishlari davom etmoqda.

 Eslatib o‘tamiz, Qordaryo daryosi o‘zanida tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo o‘zanini tozalash orqali olib borilayotgan o‘rganish ishlari joriy yilning 14-may kunidan buyon olib borilmoqda