Namangan viloyati hududidagi daryo va soy o‘zanlarini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari bo‘lib o‘tdi
15/08/2025
2025-yil 12-avgust kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i F.Tursinov, “Davlat ekologik ekspertiza markazi” Namangan filiali direktori A.Xaydarov, Chust tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i T.Xonishev, Pop tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i O.Shonazarovlar Pop tumani “G‘urumsaroy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soyi, Chust tumani “Baymoq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sumsarsoy soyi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyiha ishlarini Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi.
Jamoatchilik eshituvlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 541-sonli “Atrof muhitga ta’sirni baxolash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazildi.
Eshituvlar davomida asosiy e’tibor, Chodaksoy va Sumsarsoy soyi o‘zanlari va mintaqalaridagi ekologik muammolar, uchastkalarni to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash orqali hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ishlab chiqarish korxonalarini muhofazani ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligiga qaratildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvlarida mahalla faollari tomonidan soylar o‘zanlarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullandi.