Oqdaryo daryosi o‘zani doimiy nazoratda.

24/11/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘i J.Abdullayev ishtirokida Samarqand viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Oqdaryo daryosi o‘zani o‘rganildi.

O‘rganish davomida, daryoning Oqdaryo tumani “Mavazor” MFY va Payariq tumani “Rivoj” MFY hududlaridan oqib o‘tuvchi qismida jismoniy shaxs tomonidan noqonuniy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskovatorda qum-shag‘al aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan huquqbuzarning faoliyatiga chek qo‘yilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan chora ko‘rildi va ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli ekskovator jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, huquqbuzar tomonidan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilganidan so‘ng, qonunchilikda belgilangan ta’sir choralarini ko‘rish maqsadida to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.