Markaziy apparat xodimlari tomonidan viloyatlarda oylik o‘lchov monitoring nazorat ishlari boshlandi

20/02/2025

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan fevral oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoring ishlari  amalga oshirilmoqda.

 Ushbu tadbirlarga, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining markaziy apparati, Suv xo‘jaligi vazirligi viloyat boshqarmalari  hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari mas’ul xodimlari jalb qilindi.

Ular tomonidan hozirda reja-grafik asosida Andijon, Farg‘ona, hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda.

 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda shartnomaning “Kalendar grafigi”da belgilangan fevral oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi o‘lchanib, tegishli tartibda dalolatnomalar    rasmiylashtirilmoqda.

 Yuqoridagi kabi nazotat o’lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.