Surxondaryo viloyatida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borilmoqda

26/02/2024

“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borilmoqda.

Shu jumladan, “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasining bayonnomasiga asosan, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “MAXSUS QURILISH va TA’MIN BUTLASH” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “A.Navoiy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosi o‘zanidagi uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.

O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar qoqildi.

Holat bo‘yicha, taraflar o‘rtasida uchastka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmilashtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti rahbariga uchastkada faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.