Jabrlangan ustun beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, bannerlar yangilandi
23/10/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Namangan viloyati bo‘linmasi hamda Farg‘ona viloyati xodimlari tomonidan viloyat hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soylarning o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari monitoring qilindi.
Xususan, o‘rganish jarayonida Namangan viloyati Chust tumani “Toshqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “G‘ovasoy” soyi o‘zanidagi “Build Gold” MCHJ, To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh MFY hududidan oqib o‘tuvchi Kosonsoy soyi o‘zanidagi "Bordimko‘l Savdo Qurilish" MChJlar hamda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Sariqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi So‘x soyi o‘zanidagi “Al-Manzur Barokot” MChJ, O‘zbekiston tumani “Rajabgardi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi So‘x soyi o‘zanidagi “Seven Saber 777” MChJ hamda Quvasoy shahar “Pakana” (Chek) MFY hududidan oqib o‘tgan Besholishsoy soyi o‘zanidagi “Modern Service Center” MChJlarga biriktirilgan uchastkalarda faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etilishi nazorat qilinib, daryo va soylar o‘zanida suv sathining ko‘tarilishi oqibatida yuvilgan hamda jabrlangan beton qoziqlar qayta o‘rnatilib, uchastkalarda bannerlar yangilandi.
Yuqoridagi qayd etilgan amaliy tadbirlarni olib borishdan maqsad — shartnomada belgilangan koordinata nuqtalaridan chiqib ketgan holda o‘zan tozalash ishlari olib borilishining va daryo-soy hududlarida noqonuniy faoliyatning oldini olish, shuningdek suv resurslarining ekologik holatini saqlashdan iborat.