Andijonda uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar o‘rnatildi
11/03/2025
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari ishtirokida uchastka topshirish-qabul qilish ishlari olib borildi.
Xususan, “E-AUKSION” elektron savdo platformasining bayonnomasiga asosan, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish ” davlat muassasasi va “Isomiddinov ishonchli biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Andijon viloyati Andijon tumani “Omonov”," Patidinov" va "Toshmatov” QFY lari hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi 3-sonli uchastkada o‘zan tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi uchun shartnoma imzolandi.
O‘z navbatida, realizatsiya qilingan uchastkaning chegaralari va muhofaza mintaqasi hududlari tadbirkorga ko‘rsatilib, uchastkaning chegara nuqtalariga qo‘zg‘almas beton qoziqlar o‘rnatish ishlari olib borildi.