Tadbirkorlar murojaatlari e’tibor markazida

20/02/2026

 Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati hamda tegishli bo‘lim va yo‘nalishlar mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
 Mazkur sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududlarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini o‘rganish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda tahlil qilish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini bevosita qabul qilib, ularning tezkor va samarali hal etilishini ta’minlashdan iboratdir.

 Mazkur sayyor qabul hududlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash shuningdek, suv xo‘jaligi tizimida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.