“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining Yangi yil tabrigi.
30/12/2023
Muhtaram yurtdoshlar! Qadrli do‘stlar!
Mana, to‘xtovsiz yangilanishlar va o‘zgarishlar bilan kechgan 2023-yilga ham yakun yasalmoqda. Har birimizga umid, orzu-niyatlarimizga mustahkam qanot bag‘ishlab yangi 2024-yil ham kirib kelmoqda.
Siz azizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan boshqarmaning mehnat jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz.
Barchangizga bebaho boylik bo‘lgan oilaviy baxt, xotirjamlik va sihat-salomatlik tilaymiz.
Hurmatli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar!
O‘tayotgan yilda barcha sohalar kabi inert materiallarini ishlab chiqarish, jumladan, daryolar o‘zanlarini tozalash jarayonida to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallarini qazib olish sohasida ham bevosita sizning ishtirokingizda salmoqli natijalarga erishildi.
Qirg‘oqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan va suv oqimlariga to‘sqinlik qilayotgan 91,1 km daryolar o‘zanlari tozalanib, o‘zanda yig‘ilib qolgan qariyib 5 mln.m3 ga yaqin qum-shag‘al materiallari qazib olindi.
Buning natijasida daryolarga yaqin joylashgan aholi punktlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari xavfsizligi ta’minlandi. O‘zan tozalashga davlat budjetidan sarflanishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi mablag‘lar tejab qolinishiga hamda budjet tizimiga salmoqli soliq tushumlarini kelib tushishiga erishildi.
O‘tayotgan 2023-yil davomida onlayn auksion savdolari orqali daryolar o‘zanlarini tozalash huquqiga 150 dan ziyod shartnomalar imzolandi.
Bir so‘z bilan aytganda, muhtaram yurtboshimizning 09.07.2018 yildagi PQ-3841-son qarori bilan yaratilgan daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali jalb qilish tizimini samarali ishlashiga o‘zingizni fidokorona hissangizni qo‘shdingiz.
Barchangizga “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi bilan hamkorlik qilayotganingizga minnatdorchilik bildiramiz.
Kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etib, kelgusi yilda barcha orzu-niyatlaringiz ushalishini so‘rab qolamiz!
Go‘zal va betakror yurtimiz tinch, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!