Respublikamiz bo‘ylab daryolar va soylar o‘zanlarini tozalash bo‘yicha o‘lchov ishlari boshlandi

21/05/2025

Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning "Kalendar grafigi"ga asosan mutaxassislar tomonidan may oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha o‘lchov ishlari va o‘zan tozalash jarayoni monitoring ishlari  amalga oshirilmoqda.

   Ular tomonidan hozirda reja-grafik asosida Navoiy, Toshkent, hamda Samarqand  viloyatlaridagi uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda.

Yuqoridagi kabi nazorat o‘lchov ishlarini olib borishdan asosiy maqsad, qazib olingan qum-shag‘al materiallarning  hajmini aniqlash, shartnomalardagi kalendar jadvaliga amal qilinayotganini nazorat qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, olib borilayotgan faoliyat davomida shaffoflikni ta’minlashdan iborat.

O‘lchov ishlari Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham reja-grafik asosida davom ettiriladi.