Navoiy, Sirdaryo, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlarida o‘lchov monitoring ishlari olib borildi.
19/12/2023
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida daryo o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi to‘g‘risida imzolangan shartnomalarning “Kalendar grafigi”ga asosan dekabr oyida o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmining hisobi va o‘zan tozalash ishlari monitoringi amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hududiy bo‘linmalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hududiy boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul hodimlari ishtirokida Navoiy, Sirdaryo, Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi uchastkalarda daryo o‘zanlarini tozalash ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
Uchastkada monitoring ishlarini olib borish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ushbu viloyatlarda marksheyderlik xizmati mutaxassislari jalb qilinib, 2023-yil davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi va tozalangan o‘zan uzunliklari hisobini yuritish ishlari ham parallel ravishda tashkil etildi.