Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish faoliyatiga chek qo‘yildi.
13/12/2023
Joriy yilning 11-dekabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi hududiy bo‘linmasi hodimlari hamkorligida Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olishni oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari olib borildi.
Reyd davomida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Sarbozor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi o‘zanidan O.P. ismli fuqaro tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskovatorda hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, ba’zaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.