TAYINLOV.

29/12/2023

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi boshlig‘ining 2023-yil 28-dekabrdagi 26K–sonli buyrug‘i bilan Olim Qodirov Qobilovich “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Marketing, loyiha va auksion hujjatlarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O.Qodirov 1988-yil 21-avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

U bunga qadar Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida o‘qituvchi, Qibray tumani 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Marketing, loyiha va auksion hujjatlarini tayyorlash bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.