Qonun ustuvor jazo muqarrar !
05/10/2023
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “QORADARYO INTER INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan tadbirkorlik subyekti tomonidan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari davomida loyiha hujjatlari hamda davlat ekologik ekspertiza xulosasining talablariga zid ravishda faoliyat olib borilayotgani aniqlandi. Loyihada ko‘rsatib o‘tilgan ishchi chizmalardagi parametrlarga mos ravishda tozalanishi lozim bo‘lgan Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkaning belgilangan geografik koordinatalaridan tashqariga chiqmagan holda ishlarni tashkil etish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda faoliyat olib borilishi jarayoni o‘rganilganda, tadbirkorlik subyekti tomonidan shartnoma shartlari, loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasining talablariga rioya etmasligi oqibatida geografik koordinatalardan tashqarida o‘zan tozalash faoliyati olib borilayotganligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha tadbirkorlik subyekti faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilining 2023 yil 4 oktyabr kuni “QORADARYO INTER INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bir kunlik tekshirish o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar Xonobod shahar Jinoyat sudiga taqdim etilishi belgilandi.