Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirlorlar diqqatiga

01/05/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga asosan Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo daryolarida 1-may kunidan muddatsiz moratoriy joriy qilingani tog‘risida ma’lumot bergan edik.

Bugundan boshlab, mazkur Farmonga asosan yuqorida keltirilgan daryolarning moratoriy joriy etilgan hududlarida daryolar o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqi uchun imzolangan barcha shartnomalar bekor bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmon tasdiqlangunga qadar “Xafsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtalarida “Daryo o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini to‘liq qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi” uchun joriy yil amalda 313 ta shartnoma amalda bo‘lib, Farmonga asosan moratoriy joriy etilgan daryolardagi olib borilayotgan faoliyatlar to‘xtatilgandan so‘ng 174 tani shartnomani tashkil qilmoqda.

Moratoriy davrida daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Hozirda, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi markaziy apparati hamda viloyat bo‘linmalari mutaxassis xodimlari tomonidan Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan reyd tadbirlari muntazam ravishda olib borilishini ma’lum qilamiz.