Noqonuniy faoliyatlarga barham berilmoqda
23/04/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” DM Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Gʻuzor tumani boshqarmasi xodimlari tomonidan noruda materiallarini noqonuniy ravishda qazib olish holatlarini oldini olishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri tashkil etildi.
Reyd tadbiri davomida, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Gʻuzor daryosidan “Mirishkor” hamda “Omomota” QFYlarda istiqomat qiluvchi fuqorolar J.M va B.N tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Jenyang” rusumli ekskavator hamda “Howo” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuklab olish holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 6 800,00 (olti million sakkiz yuz ming) so‘mdan jarimaga tortildi va shaxsiy texnikalar vaqtinchalik saqlash maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirildi.