Sirdaryo daryosida marksheyderlik ishlari olib borildi

06/01/2024

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Daryolar o‘zanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 29-bandiga asosan “Tadbirkorlik subyektlari har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda marksheyderlik xulosasini tuzadilar va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etadilar” deb belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Guliston va Sayxunobod tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanini tozalash ishlariga jalb etilgan 37 ta tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan 46 ta uchastkalarda 2023-yil davomida daryo o‘zanidan qazib olingan foydali qazilmalar hajmi hisobini aniqlash maqsadida marksheyderlik o‘lchov ishlari olib borilmoqda.