“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish tadbiri o’tkazildi

14/12/2024

Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu tashabbusga “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbaryati va xodimlari ham, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlarida faol qatnashishdi.

Bundan tashqari, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish”davlat muassasasining barcha hududiy bo‘linmalari ham o‘z hududlarida obodonlashtirish va ko‘chatlar o‘tqazish ishlarini olib borishdi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki fuqarolarning ekologik ongini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida davom etmoqda.