Monitoring o‘lchov ishlari yakunlandi

01/07/2024

2024-yilning 24-iyun kunidan 29-iyun kuniga qadar Xavfsiz daryo boshqarmasidavlat muassasasi va tadbirkorlik subyektlari ortasida daryo ozanini tozalash jarayonida qum-shagal materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi boyicha imzolangan shartnomalarning Kalendar grafigiga asosan iyun oyida ozan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shagal materiallari hajmini olchov ishlari va ozan tozalash jarayoni monitoringi Respublikamizning barcha viloyatlardagi jami 152 ta uchastkalarda amalga oshirildi.

Jumladan:

Andijon viloyatida 13 ta;

Farg‘ona viloyatida 6 ta;

Namangan viloyatida 21 ta;

Navoiy viloyatida 9 ta;

Qashqadaryo viloyatida 15 ta;

Samarqand viloyatida 10 ta;

Surxondaryo viloyatida 21 ta;

Sirdaryo viloyatida 1ta;

Toshkent viloyatida 51 ta;

Xorazm viloyatida 5 ta.

Yuqorida sanab o‘tilgan viloyatlarda amalga oshirilgan monitoring ishlariga “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy bo‘linmalari mas’ul hodimlari jalb qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda o‘zan tozalash jarayonida qazib olingan qum-shag‘al materiallari hajmi bo‘yicha tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Monitoring, o‘lchov va nazorat ishlarini olib borish davomida, uchastkalarda tadbirkorlik subyektlarining qum-shag‘al materiallarini qazish faoliyati o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga mutaxassislar tomonidan loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablariga rioya etgan holda o‘zan tozalash ishlarini olib borilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.