Surxondaryo viloyatida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

13/02/2026

“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish”davlat muassasasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat bo‘yicha inspeksiyasi xodimlari tomonidan Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi daryo va soy o‘zanlaridan noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

 Reyd tadbiri davomida bir qator huquqbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, Oltinsoy tumani "Xo‘jasaot" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Vaxshivorsoy soyi hamda Denov tumani Sinasoy soyi o‘zanlaridan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini yuklab olayotganligi aniqlandi.

  Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, texnikalar jarima maydonchasiga joylashtirilib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida"gi Kodeksning 70-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib jarimaga tortildi.