Qashqadaryoda noqonuniy holat aniqlandi

16/08/2024

Joriy yilning 14-avgust kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Qashqadaryo bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududidan oqib o‘tuvchi daryolar o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olishni bartaraf etishga qaratilgan  reyd tadbiri olib borildi.

Reyd tadbiri davomida, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “ShiramonQFY hududidan oqib o‘tuvchi Oqsuv daryosi o‘zanida noma’lum shaxslar tomonidan “HYUNDAI” rusumli ekskavator hamda yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.

Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.