Respublika miqyosida keng ko‘lamli xayriya hashari bo‘lib o‘tdi

19/03/2024

Avval habar berganimizdek, Joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla yurt ko‘rki” shiori ostida Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasining markaziy apparat hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari faol ishtirok etishdi.

Jumladan, boshqarma raxbariyati boshchiligida bir guruh ishtirokchilar tomonidan poytaxtning “Botanika bog‘i” da obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Boshqarmaning Andijon viloyati bo‘linmasi boshchiligida umumxalq xayriya hashari doirasida Baliqchi, Oltinko‘l tumanlari hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, muhofaza mintaqalarida 9 220 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Jizzax viloyatida Xavfsiz daryo boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘linmasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida umumxalq xayriya hasharida bir qator hududlarni obodonlashtirish maqsadida turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish jarayonida faol ishtirok etildi.

Huddi shu kabi tadbirda, boshqarmaning Navoiy viloyati bo‘linmasi xodimlari va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish davomida 200 tupga yaqin manzarali daraxtlar ekildi.

Boshqarmaning Surxondaryo viloyati bo‘linmasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorliklarida umumxalq xayriya hashari doirasida Vazirlikning Surxondaryodagi bog‘ida va viloyatning Oltinsoy tumani hududida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarning muhofaza mintaqalarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shu kabi umumxalq xayriya hasharida boshqarmaning yana 1 guruh xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Parkent tumanida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Farg‘ona viloyatida ham boshqarmaning Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan xayriya hashari doirasida tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarning muhofaza mintaqalarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Boshqarmaning Sirdaryo viloyati bo‘linmasi boshchiligida umumxalq xayriya hasharida Guliston, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, uchastkalarning muhofaza mintaqalarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Samarqand viloyatida ham boshqarmaning Samarqand viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan xayriya hashari doirasida Samarqand, Tayloq, Nurobod tumanlarida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarning muhofaza mintaqalarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Namangan viloyatida ham boshqarmaning Namangan viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan xayriya hashari doirasida Namangan tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subektlariga biriktirilgan uchastkalarning muhofaza mintaqalarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.