Yana bir noqonuniy faoliyat bartaraf etildi
28/07/2024
“Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Navoiy viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Navbahor tumani boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida noqonuniy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida, Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Gʻ. K. tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida viloyat hududining cho‘l qismidan noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-tosh aralashmasini noqonuniy ravishda yuklayotgani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan qonuniy ravishda jazo ta’sir chorasini qo‘llash maqsadida, yuk mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilib, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 70-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 666-son qaroriga muvofiq, tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar
352 000 so‘m etib belgilandi.