Qoradaryo o‘zanini tozalash ishlarini olib borishni tashkil etish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi
04/05/2026
“Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi mutaxassislari hamda mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan Namangan viloyati Norin tumani “Pastki Jo'ja” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidagi uchastkada ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ariza loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Mazkur jamoatchilik eshituvi loyihaning ekologik jihatlarini oshkora muhokama qilish, atrof-muhitga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni baholash, shuningdek, mahalliy aholining fikr-mulohazalari hamda takliflarini inobatga olish maqsadida o‘tkazildi.
Eshituv davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, ularning suv resurslari, biologik xilma-xillik hamda hudud ekologik holatiga bo‘ladigan ehtimoliy ta’siri to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan daryo o‘zanida to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallarini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyiha bir ovozdan ma’qullandi.