Diqqat E'lon!
17/02/2026
Hurmatli hamyurtlar va tadbirkorlar!
2026-yil 18-fevral kuni “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etilishini ma’lum qilamiz.
Faoliyatga doir o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fikrlaringiz bo‘lsa, sizni qabulga taklif etamiz.
O‘tkazilish joyi: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, “Do‘stlik” kanali binosi, 2-qavat, Suvchilar maktabi faollar zali.
Boshlanish vaqti: soat 11:00.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar quyida keltirilgan aloqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.
+998 99 901-05-49
Barcha tadbirkorlarni qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz!