Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uchastkalar o‘rganildi

14/11/2025

 “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini qo‘lga kiritgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatlari monitoring qilindi.

 Xususan, daryoning Sayxunobod tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida faoliyat olib boruvchi jami 8 ta uchastkalarda o‘rganish ishlari olib borilib mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga uchastkalarda faoliyat olib borish jarayonida loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertiza xulosasi talablariga rioya qilish hamda shartnomada ko‘rsatilgan me’yorlardan chetga chiqmaslik to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.